Fitch reytingida Qozog‘iston egallagan o‘rin pasaydi

Iqtisodiyot 18:10 / 02.05.2016 3388

Fitch xalqaro reyting agentligi Qozog‘istonning xorij va milliy valyutadagi kredit reytingini pasaytirdi. Bu haqda reyting agentligining matbuot relizida xabar qilindi. 

Xorij valyutasida reyting “BBB+” darajadan "BBB” darajaga tushirildi, milliy valyuta reytingida esa “A-“dan "BBB” ga pasaytirildi. Ikkala reyting bo‘yicha ham prognoz “barqaror”. Qozog‘iston xorij valyutasida ta'minlanmagan obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlari reytingi ham “BBB”dan “BBB+”ga tushirildi. 

Agentlik reytingiga ko‘ra, 2016 yilda Qozog‘iston ichki yalpi mahsuloti 1 foizga pasayadi, bu esa so‘nggi besh yilda o‘rtacha yillik o‘sishdan keskin darajada 4,6 foizga past.

Fitch aholi daromadining pasayganini qayd etdi: 2013 yilda ichki yalpi mahsulot hajmi aholi jon boshiga 14,8 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki barobardan ortiqqa – 7,1 ming dollargacha tushib ketdi. Bu o‘z navbatida, iste'molchilarning mahsulotga bo‘lgan talabi va aholi xarajat qobiliyati darajasiga salbiy ta'sir etadi.

Ko‘proq yangiliklar: