Yevrokomissiya AQShning erkin savdo hududi masalasi bo‘yicha bosim o‘tkazayotganini rad etmoqda

Iqtisodiyot 19:58 / 02.05.2016 2651

Savdo masalalari bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstrem AQSh Transatlantik erkin savdo hududini (TTIP) yaratish masalasida Yevropa Ittifoqiga qattiq bosim o‘tkazayotgani haqidagi xabarga javob berdi. U Yevrokomissiya saytidagi blogida Yevropa Ittifoqi hech qachon kelishuv uchun iste'molchilar huquqini himoya qilish sohasidagi standartlarni pasaytirishga bormasligini aytdi. Shu bilan birga yevrokomissar TTIP bo‘yicha muzokaralar murakkab borayotgani va har bir tomon o‘zi uchun foydali shartlarga erishishga intilayotganini tan oldi.

"Yevropa Ittifoqi ishtirok etadigan istalgan savdo kelishuvi faqatgina sifat standartlarini oshiradi. Biz hamkorlarimiz bilan bizning dori-darmonlar sifati kuchliroq yoki qat'iyroq bo‘lsa bo‘ladiki, past bo‘lmasligi haqida kelishishimiz mumkin. Yangi qoidalarni bildiruvchi har qaysi savdo kelishuvi kelajakda bizning fuqarolar yoki atrof-muhitga ziyon yetkazmasligi kerak", deb yozdi Malmstrem.

Avvalroq Süddeutsche Zeitung nemis gazetasi manbalar va hujjatlarga iqtibos keltirgan holda AQSh dori-darmonlar, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa mahsulotlarga sifat standartini pasaytirish borasida Yevropa Ittifoqiga kuchli bosim o‘tkazayotgani, chunki AQShda ishlab chiqarilgan ko‘plab mahsulotlar YeIdagi yuqori talablarga javob bermasligini ma'lum qilgandi. Yevropa Ittifoqi aftidan bunga rozi bo‘lmaydi. 

"Yana qayta va qayta takrorlashga to‘g‘ri kelmoqda: hech qanday savdo kelishuv YeI iste'molchilarini himoya qilish, oziq-ovqat yoki atrof-muhit sohasidagi xavfsizlik darajasini pasaytira olmaydi. Savdo kelishuvi bizning irsiy modifikatsiyalangan mahsulotlar, xavfsiz mol go‘shti ishlab chiqarish yoki ekologiya sohasidagi qonunchiligimizni o‘zgartira olmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi yevrokomissar.     

Shu bilan birga Germaniya hukumati TTIP bo‘yicha muzokaralar hujjatlarining tashqariga chiqib ketishi bo‘yicha tezkorlik bilan izoh bera olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: