Turkiyaning Suriya chegarasi yaqinidagi Kilis shahriga raketa zarbalari berildi

Jahon 16:04 / 01.05.2016 46484

1 may kunining birinchi qismida Suriya hududidan Turkiyaning Kilis shahriga ikki raketa kelib tushgan. Bu zarbalar oqibatida kamida ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda Reyter agentligi Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari berilmagan.

Suriya bilan chegarada joylashgan bu shaharga 30 aprel kuni ham uchta raketa zarbasi berilgandi. O‘tgan haftada raketadan o‘qqa tutilganida esa bir kishi halok bo‘lgan, 26 kishi yaralangandi.

IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan bu hujumlar tufayli jami 18 kishi halok bo‘lib, 40 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Turkiya hukumati bu hujumlarga artilleriyadan javob qaytargan.

Ko‘proq yangiliklar: