Turkiyada politsiya mahkamasi binosida portlash sodir bo‘ldi

Jahon 12:34 / 01.05.2016 55685

Turkiyaning Gaziantep shahridagi politsiya mahkamasi binosida portlash sodir bo‘lgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bino oldida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi orqali terakt sodir etilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Hodisa joyiga tibbiy xodimlar yetib kelgan. Maxsus guruhlar terakt tafsilotlarini o‘rganishga kirishishgan.

Ko‘proq yangiliklar: