Samarqanddagi kollejlar bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadida 972ta korxona va tashkilotlar bilan 4 tomonlama shartnomalar imzolandi

Jamiyat 20:46 / 01.05.2016 23038

2016 yil 20-22 aprel kunlari Samarqand viloyati Mehnat bosh boshqarmasi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat va viloyat o‘rta-maxsus kasb hunar ta'limi boshqarmalari bilan hamkorlikda 2015-2016 o‘quv yili kasb hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadida Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji, Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey hamda Sartepo Turizm kollejida kasb mahorati, “Eng yaxshi mutaxassis” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirga jami 13819 nafar bitiruvchi jalb etilib, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida 972ta korxona va tashkilotlar bilan 12074ta to‘rt tomonlama shartnomalar imzolandi hamda 1139 nafar bitiruvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: