Joriy yilning 25 aprelidan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston chegrasida joylashgan «Xo‘jayli» nazorat tekshiruv punkti qayta faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu haqda UzDaily O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ma'lumotiga tayanib xabar tarqatdi.
Nazorat tekshiruv punkti hududda olib borilgan qurilish ta'mirlash ishlari sabab 2015 yilning 15 iyunidan boshlab vaqtinchalik yopib qo‘yilgandi.
Ikkala mamlakat o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, «Xo‘jayli» nazorat tekshiruv punktining ish vaqti soat 09:00dan soat 18:00ga qadar belgilangan.