Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 21 apreldagi "Toshkent shahridagi ba'zi geografik obektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston poytaxtidagi bir qator geografik obektlarning nomlari o‘zgardi. Bu haqdagi hujjat (PDF) shahar hokimligi saytiga joylashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahridagi 104 mahalla qayta nomlandi. Shuningdek, Olmazor tumanidagi «Oymomo» madaniyat va istirohat bog‘i nomi «Nurafshon» ga o‘zgartirildi.
Ko‘pchilik mahallalarning qayta atalishiga ular nomining boshqa joylarda takrorlangani sabab qilib ko‘rsatilgan (masalan, shu vaqtgacha to‘rttadan «Navro‘z» va «Guliston», uchtadan Alisher Navoiy va «Mustaqillik», beshta «Do‘stlik» va boshqalar nomi takrorlangandi).
Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan, ya'ni 28 apreldan boshlab kuchga kirdi.
Toshkentdagi nom berilgan va nomlari o‘zgargan mahallalar ro‘yxati:
Bektemir tumani bo‘yicha:
1. Istiqbol (takror) — Iqbol
Mirzo-Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
2. Ahmad Yassaviy (takror) — Buyuk ipak yuli
3. Bobur (takror) — Gulsanam
4. Gulzor (takror) — Sultoniya
5. Guliston (takror) — Podshobog‘
6. Navro‘z (takror) — Minglola
7. Salor (takror) — Asaka
8. Umid (takror) — Bog‘imaydon
9. Yangihayot (takror) — Chimyon
10. Yalang‘ochota (takror) — Kamolot
11. Bo‘z-2 — Bo‘z
12. Oltintepa-10- Oltintepa
Mirobod tumani bo‘yicha:
13. Do‘stlik (takror) — Zaminobod
14. Istiqlol (takror) — Istiqlolobod
15. Matonat (takror) — Bayot
16. Mustaqillik (takror) — Yuksalish
17. Navbahor (takror) — Banokatiy
18. Olmazor (takror) — Ziyonur
19. Sharq yulduzi (takror) — Tong yulduzi
20. O‘zbekiston (takror) — Farovon
21. Bahor (takror) — Inoqobod
22. Bog‘ishamol (takror) — Lolazor
Olmazor tumani bo‘yicha:
23. Alisher Navoiy (takror) — Quyosh
24. Beruniy maydoni (takror) — Orzu
25. Bo‘ston (takror) — Bo‘stonobod
26. Do‘stlik (takror) — Gulsaroy
27. Ismoil Shoshiy — Abu Bakr Shoshiy
28. Istiqlol (takror) — Hazrati Imom
29. Komiljon G‘ofurov — Yangi Toshkent
30. Navbahor (takror) — Oltinsoy
31. Obod (takror) — Tepaguzar
32. Taxtapul (takror) — Yuqori Sebzor
33. Shodlik (takror) — Shodiyona
34. Shuhrat (takror) — Shon-shuhrat
35. Beshqo‘rg‘on (takror) — Yuqori Beshqo‘rg‘on
36. Ahmad Yassaviy (takror) — Chamanbog‘
Sergeli tumani bo‘yicha:
37. Alisher Navoiy (takror) — Jo‘nariq
38. Amir Temur (takror) — Sohibqiron
39. Bahor (takror) — Daryobo‘yi
40. Bobur — Ziynat
41. Guliston (takror) — Madadkor
42. Jomiy (takror) — Shukrona
43. Mustaqillik (takror) — Charog‘on
44. Navro‘z (takror) — Navqiron
45. Obod (takror) — Asrobod
46. Temiryo‘lchi (takror) — Sofdil
47. Tinchlik (takror) — Ezgulik
48. Shukur Burxonov (takror) — Mehrigiyo
49. Yangihayot (takror) — Nurhayot
50. Oqibat (takror) — Saxovat
51. Obihayot — Sug‘diyona
52. Polvonyor — Viqor
53. Hayotobod — Chorbog‘
Uchtepa tumani bo‘yicha:
54. Al-Xorazmiy (takror) — Yangiyo‘l
55. Qovunchi — Diydor
Chilonzor tumani bo‘yicha:
56. Bog‘iston (takror) — Bog‘zor
57. Do‘stlik (takror) — Dilobod
58. Mavze-8 — Nafosat
59. Tinchlik (takror) — Xonto‘pi
60. Hamza (takror) — Beshchinor
61. Olmazor (takror) — Katta Olmazor
62. No‘g‘ayqo‘rgon (takror) — Zarqo‘rg‘on
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
63. Islomobod (takror) — Ko‘kcha Darvoza
64. Novza (takror) — Charxnovza
65. Oqtepa (takror) — Katta Jarariq
66. Cho‘ponota (takror) — Katta Oqtepa
Yunusobod tumani bo‘yicha:
67. Guliston (takror) — Tiklanish
68. Do‘stlik (takror) — Qadrdon
69. Mingo‘rik (takror) — Bo‘zsuv
70. Navro‘z (takror) — Billur
71. Nodirabegim (takror) — Yurtobod
72. Oybek (takror) — Muruvvat
73. Oqibat (takror) — Iftixor
74. Oqqo‘rg‘on (takror) — Bog‘ibo‘ston
75. Tinchlik — Sevinch
76. Turon (takror) — Buyuk Turon
77. Umid (takror) — Xalqabog‘
78. Chinor (takror) — Mingchinor
79. Choshtepa (takror) — Shoshtepa
80. Shodlik (takror) — Yo‘layriq
81. Yangiobod (takror) — Yangibog‘
82. Ittifoq (takror) — Beg‘ubor
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
83. Turkiston (takror) — Bog‘saroy
84. Usmon Nosir (takror) — Muhandislar
85. O‘rikzor (takror) — Rakatboshi
86. Yakkasaroy-2 (takror) — Meros
87. Abdulla Avloniy (takror) — Belariq
88. Alisher Navoiy (takror) — Xosiyatli
89. Bahor (takror) — Dilbog‘
90. Binokor (takror) — Uysozlar
91. Bobur (takror) — Barkamol
92. Guliston (takror) — Shohimardon
93. Do‘stlik (takror) — Do‘stobod
94. Qo‘yliqota (takror) — Qo‘yliqobod
95. Mirzo Ulug‘bek (takror) — Alimkent
96. Muqimiy (takror) — Mumtoz
97. Mustaqillik (takror) — Semurg‘
98. Mustaqillikning 10 yilligi — Tong
99. Navro‘z (takror) — Navro‘zobod
100. Taraqqiyot (takror) — Shirinobod
101. Umid (takror) — Ko‘ksaroy
102. Usmon Nosir (takror) — Vatandosh
103. Yangiobod (takror) — Shohsanam
104. Harbiylar — Fidoyilar