Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish ehtimoli masalasiga AQSh katta qiziqish bilan aralashuvi hayratlanarli emas, axir Yevropa blogi loyihasining boshida aynan Amerika maxsus xizmatlari turgan. Bu fikr The Telegraph nashrida e'lon qilindi.
Maqola muallifining fikriga ko‘ra, Davlat departamenti tomonidan oshkor etilgan hujjatlar Amerika razvedkasi YeI tashkil etilishi jarayoniga homiylik qilgani va ushbu loyihaga Buyuk Britaniyani ham jalb etishga uringanini ko‘rsatib turibdi.
Masalan, 1950 yilning 26 iyulida AQSh generali, hozirgi markaziy razvedka boshqarmaning o‘sha paytdagi analogi raisi Uilyam Donovan imzolagan hujjatda Yevroparlamentni rivojlantirish bo‘yicha kampaniya xususida so‘z boradi.
Ma'lum qilingan hujjatlarda, shuningdek, markaziy razvedka boshqarmasi Amerikaga tobelik kamaymasligi uchun YeI asoschilariga boshqa iqtisodiy manba izlashga to‘sqinlik qilgan.
Muallif so‘zlari bo‘yicha, AQSh va YeI o‘rtasidagi munosabatlarni beg‘ubor deyish qiyin. Biroq, unga ko‘ra, hozir – tashqi xavf-xatar kuchaygan bir paytda yevropaliklar Yevropa blogini saqlab qolishga urinishi lozim.