Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi 2016 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 29 aprel kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan o‘tkazilgan uchrashuv paytida aytib o‘tgan.
«Biz Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan bo‘ladigan uchrashuvni oliy darajada o‘tkazishni kelishib oldik. Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadi», — dedi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy TIV rahbari bilan kechgan uchrashuvda turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyalar sohasida ikki tomon amaliy hamkorligiga qaratilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgan.