Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisini o‘z lavozimidan ozod etdi.
Qirg‘iziston rahbarining farmoniga ko‘ra, Emilbek Uzakbayev Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi lavozimidan ozod etilgan.
Ma'lumot uchun: Emilbek Uzakbayev 2012 yildan beri shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.