O‘zbek dasturchilari tomonidan ishga tushirilgan Davra.uz deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoq USENET 2016 digital-anjumanida taqdim etildi, deb xabar bermoqda ICTNews.
«Yangi do‘stlar bilan qiziqarli tanishuvlar va muloqot uchun eng yaxshi joy», — deyiladi saytning bosh sahifasida. Ijtimoiy tarmoqning interfeysi rus, o‘zbek va ingliz tillarida yuritiladi.
Ayni vaqtda Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida 350 dan ziyod foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Sayt tas-ix hududida joylashgan.