Oppo o‘tgan yilgi ko‘rsatkich (7,3 millionta smartfon)ga nisbatan 2016 yilning birinchi mavsumida savdodagi 150 foizli o‘sish bilan (18,5 millionta smartfon) o‘z rekordini qayd etdi va IDC ma'lumotiga ko‘ra, birinchi marotaba eng talabgir smartfon brendlari beshtaligidan o‘rin egalladi. Orro uchta gigant kompaniyalar - Samsung, Apple va Huawei’dan keyin faxrli to‘rtinchi o‘rinni zabt etdi. Oppo ikkita yangi F seriyali qurilmalari tufayli mavsumda eng ko‘p sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi.
F1 va F1 Plus smartfonlarining dizayni va fotoimkoniyatlari uchun juda ko‘p ijobiy fikrlar bildirilgan. Plus-talqinda 16-megapikselli f/2,0 aperturaga ega old kamera va 13-megapikselli f/2,2 diafragmaga ega bo‘lgan asosiy kamera joylashgan. Aynan shu ko‘rsatkichlar sifatli selfi ishqibozlari ko‘nglini zabt etdi.
IDC va Sino-MR ma'lumotiga ko‘ra, Oppo F1 va F1 Plus Xitoydagi smartfonlar offlayn-savdosining 48,2 foizini tashkil etdi.
2015 yilda Oppo sakkizinchi o‘rinni egallagan holda eng mashhur smartfon brendlari ro‘yxatining kuchli o‘ntaligidan joy olgan edi. Yil so‘ngiga kelib, kompaniya o‘zining savdodagi sezilarli ko‘rsatkichlari bilan barchani lol qoldirdi: 50 millionta qurilmalar sotildi. 2016 yilning boshida kompaniya daromadining keskin o‘sishini hisobga olgan holda aytish mumkinki, shu zaylda Oppo eng yuqori cho‘qqini ham zabt eta oladi.