Kanadalik olimlar kuniga bir daqiqalik yugurish mashqi ham sog‘liqqa foydaligini qayd etishdi

Jamiyat 15:06 / 29.04.2016 3324

Oraliq yugurish mashqlari yengil jismoniy mashqlarning samarali muqobili bo‘la oladi. Yugurish - yengil jismoniy mashqlar o‘rnini bosa oladi. Mo‘'tadil yugurish esa og‘ir jismoniy mashqlar o‘rniga ham o‘tadi. Kanadalik olimlar ushbu xulosaga keldi. Tadqiqot to‘g‘risida to‘liq holda Discovery saytida tanishish mumkin.

Makmaster (Ontario) universiteti professori Martin Gibal boshchiligidagi kanadalik olimlarning aniqlashicha, bir daqiqalik yugurish 50 daqiqalik mo‘'tadil jismoniy mashqlarga barobar bo‘lib, inson organizmini mustahkamlaydi va sog‘lomlashtiradi. Tadqiqotda avval sport bilan shug‘ullanmagan 25 nafar yigit ishtirok etishdi.

Ular uch guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhdagi yigitlar 12 hafta davomida kuniga 3 mahaldan velotrenajyorda mashq qildi. Ikkinchi guruhdagi yigitlar chidamlilikka qaratilgan jismoniy mashqlarni bajarishdi, uchinchi guruh yigitlari esa hech qanday mashg‘ulot bajarishmagan.

Yugurish mashqlari qizib olish (ikki daqiqa), yugurish (yigirma soniya), qayta tiklanish (ikki daqiqa), yana yugurish (yigirma daqiqa) va sovish (uch daqiqa)dan iborat bo‘ldi.

Chidamlilik uchun mashqlar esa qizib olish (ikki daqiqa), velosipedda tezkor yurish (45 daqiqa) va sovish (uch daqiqa)dan tarkib topdi.

12 haftalik jismoniy mashqlar dasturidan keyin birinchi 2 guruh qatnashchilarida VO2 testi (30 soniyalik mashqlar davomida organizm qabul qiladigan kislorod miqdorini o‘lchash) ko‘rsatkichlari 19 foizga yaxshilandi. Bundan tashqari, olimlar tajribada ishtirok etganlarning mushak to‘qimalari biopsilari orqali mushaklar faoliyati yaxshilanganini qayd etdi.

Kelgusida ushbu tadqiqot uzoq muddatli mashg‘ulotlarga yetarli vaqti bo‘lmagan odamlarga qisqa vaqtlarda katta natijalarga erishish uchun zamin yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: