Farg‘onalik ikki nafar fuqaro yonilg‘i-moylash maxsulotlarini qalbaki pullarga xarid qilishdi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar xodimlari tomonidan qalbaki kupyuralarni muomala kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.
27 yoshli va 24 yoshli fuqarolar Buvayda tumanidagi savdo shoxobchalaridan biridan yonilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilib 100 dona qalbaki 5000 so‘mlik kupyuradagi pullarni bilan to‘lovni amalga oshirishgan.
Shubha ostiga olingan kupyuralar ekspertizadan o‘tkazilgach, ularning qalbaki ekani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.