“Nafrat”, “Sen yetim emassan”, "Ayrilik” , “Ojiza”, “Meni kechir” kabi filmlarni yaratgan rejissyor va ssenarist Durdona To‘laganova yana bir yangi “Yo‘qotilgan jannat” nomli kartinaga qo‘l urdi.
Besh kunlik dunyoda, Vatan, oila, onaning jannatga teng ekanligi, bu tushunchalarning qadriga yetish kerakligi g‘oyasini singdirgan melodrammada sevgisi uchun butun dunyodan voz kechishga tayyor bo‘lgan sodda qiz o‘z onasidan, oilasidan ayrilib qoladi.
Rejissyor Durdona To‘laganovaning aytishicha, filmda jannat o‘z nomidan kelib chiqqan holda Vatan, oila va onaga qiyoslangan.
Suratga olish jarayonida ayrim kadrlar Malayziya davlatida suratga olinib, unda bosh rollarni Sitora Alimjonova, Yamin, So‘g‘diyona Azimova, Gulxumor Abdullayeva, Muyassar Berdiqulova kabi aktyorlar ijro etgan.
Film premerasi bugun 29-aprel kuni poytaxtimizdagi barcha kinoteatrlarda taqdim etilmoqda.
Xususan, premera ertaga 30-aprel kuni Qo‘qon shahrida qad rostlagan, san'atkorlar tomonidan tez-tez konsert dasturlari uyushtirilib turiladigan “Qo‘qon savdo markazi” da bo‘lib o‘tadi.