Bishkekning Aytmatov ko‘chasida 29 aprel tunida uch ayolni o‘ldirib ketishdi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, voqea joyida Jalolobod viloyatidan kelgan, M,V., 1975 yilda tug‘ilgan uning singlisi M.A. 1997 yilda tug‘ilgan qizi M.N. bilan birga yashashgan.
“Bishkek hududida 25 apreldan 29 apreliga qadar “Qonun va tartib” deb nomlangan reyd o‘tkazildi. Uch kishining o‘limi haqidagi xabardan so‘ng, Bishkek shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Sverdlov shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda gumonlavnuvchi 1982 yilda tug‘ilgan Sh.K. qo‘lga olingan. Uning yonidan yog‘och dastali pichoq topilgan. Qo‘lga olinganning qo‘lida jigarrang tusli dog‘ bo‘lgan. Voqea joyi tekshirilganda yana bir pichoq hamda jigarrang dog‘ bilan qoplangan kiyim topilgan”, — deyiladi ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan ma'lumotda.
Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bishkekda uch ayolning joniga qasd qilishdi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25519
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34489