Bishkek shahriga asos solinganiga 138 yil bo‘ldi

Jamiyat 16:15 / 29.04.2016 2814

Bishkek shahrining asos solinganiga 138 yil bo‘ldi. Shahar kengashi qarori bilan 29 aprel shaharga asos solingan kun etib belgilangan.

Poytaxt ma'muriyati bayram dasturini tayyorlashgan. Dastur aholi turar-joy majmuasida ikkita bolalar bog‘chasining ochilish marosimi bilan boshlangan.

Soat 12:00 dan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi gimni yangradi va Bishkek kuranti bong urdi. Bong har kuni 8:00 dan 21:00 gacha chalinadigan etib qo‘yildi. Uning ovozini eshitish mumkin.

12:30 da Qirg‘iziston milliy kutubxonasida “Pishkek—Frunze—Bishkek” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 15.00 dan 18:00gacha shaharning turli joylarida bayram tantanalari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Poytaxtning to‘rtta tumanida joylashgan xiyobonlarda ham xalq sayri tashkil etilgan.

Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida 10 ta yangi avtobus yo‘nalishga qo‘yilgan. Transportlarni Bishkek shahriga Urumchi shahri sovg‘a qilgan.

Bayram tantanalari 30 aprel kuni ham davom etishini ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: