Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Benfika» yarimhimoyachisi Renatu Sanshesh transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
The Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, portugaliyaliklar jamoasi prezidenti Luish Filipe Viyeyra payshanba kuni Londonga uchib kelgan va «Yunayted» vakillari bilan uchrashgan. Tomonlar futbolchining transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishishgan.
Sansheshning shartnomasi uni sotib olish uchun to‘lanadigan tovon puli 75 million yevro (60 million funt) miqdorida ko‘rsatilgan. Biroq «Benfika» 18 yoshli futbolchini 39 million (31 million funt) va qo‘shimcha 19-20 million yevro (15 million funt) bonuslar evaziga sotishga tayyor ekanini bildirgan.