«Barselona» Buskets uchun «PSJ»dan 200 million yevro so‘radi

Sport 12:28 / 29.04.2016 1473

Fransiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarimhimoyachisi Serxio Busketsni sotib olish fikridan qaytmayapti.

El Mundo Deportivo nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevro berishga tayyor bo‘lib turishibdi. Kataloniya klubi esa futbolchi uchun 175 million a qo‘shimcha qiymat solig‘ini ham to‘lashlarini so‘ramoqda. QQS bilan qo‘shib hisoblaganda bu transfer fransuz klubiga 200 million yevroga tushishi mumkin.

«Barselona» iyul oyida Buskets bilan shartnomani yaxshilangan ko‘rinishda o‘zgartirishni maqsad qilgan. Biroq tomonlar hozircha yakuniy qarorga kelishmagan.

«PSJ» Busketsni dunyoning qimmat futbolchisiga aylantirmoqchi ekani, unga 16 mln yevro yillik maosh to‘lashga tayorligi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: