Fuqaro K.Ravshan o‘ziga tegishli “Isuzu” avtomashinasida Samarqand viloyatining Ishtihon tumani hududidan o‘tayotib, dam olish uchun Alomat qishlog‘i yaqinida to‘xtadi. Biroz vaqt o‘tib uning oldiga notanish uch kishi kelib, kuch ishlatish yo‘li bilan uning 4 million 900 ming so‘m puli va uyali telefon apparatini tortib oldi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Jabrlanuvchi bu haqda Ishtixon tumani IIBga xabar bergach, ushbu talonchilikni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rildi. Ko‘p o‘tmay jinoyatni samarqandlik K.R., qashqadaryolik O.N. va surxondaryolik Y.A. sodir etganligi aniqlanib, barchasi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.