Xitoylik fermer suv osti qayig‘ini yasadi

Fan-texnika 14:41 / 28.04.2016 1686

Xitoylik fermer suv osti qayig‘ini qurib bitirdi va unga patent olishga ham muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar tarqatdi.

Anxoy provinsiyasi Maanshan shahar okrugida istiqomat qiluvchi Chjan Shenu televizion shoudan ta'sirlanib, shaxsiy suv osti qayig‘ini ishlab chiqish g‘oyasi bilan ustida ish boshladi. Uyda xotini yo‘qligidan foydalanib darrov ishga kirishdi (xotini onasini ko‘rgani ketgandi). Ikki oy davomida u po‘lat plitalarni payvandlab tunlari bilan ishlab chiqdi.

Natijada uzunligi olti metr, eni 60 santimetrli submarina paydo bo‘ldi. Bir uchi suv yuzasida joylashgan quvurcha orqali qayiq kislorod bilan ta'minlanadi. Tajribalar davomida erishilgan maksimal tezlik – yetti uzel (soatiga dengiz mili).

Submarina xitoylik mansabdorlarda katta taassurot uyg‘otgani uchun unga patent ham berishdi.

Ko‘proq yangiliklar: