Xitoy shimoli-g‘arbida avtobus yonib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jabrlangan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesida ma'lum qilingan.
Hodisa Shensi viloyatining Lantyan uyezdida sodir bo‘lgan. Avtobus Fuchjou-Inchuan avtomobil magistralida yonib ketgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.
Mahalliy hukumat hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus guruh tashkil etilgan.