Butunjahon emlash haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston 13:51 / 28.04.2016 1731

O‘tib borayotgan haftada dunyo bo‘ylab insonlarni emlash haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. U barcha yoshdagi kishilarni turli xil og‘ir kasalliklarga qarshi emlashda yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda. Inson immunitetini maxsus emdorilar bilan kuchaytirish, millionlab insonlar umrini saqlab qolishi barobarida muvaffaqiyatli hamda iqtisodiy samarali choralardan biri hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda barcha bolalarni to‘liq emlash amalga oshiriladi. Mamlakatdagi bolalar soni 10 millionni tashkil etadi, ularning qariyb 100 foizi turli og‘ir xastaliklarga qarshi emlanadi.  Mamlakat hukumati, bolalar muassasalari, nogiron va uzoq aholi punktlarida istiqomat qiluvchi barcha bolalarni emlash jarayoni bilan qamrab olishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha emlash vositalari va emdorilar davlat mablag‘lari hisobiga xarid qilinadi. Bolalar va kattalarni to‘liq emlashni ta'minlash maqsadida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vaksinalar xarid qilishda Respublika sog‘liqni saqlash vazirligiga amaliy ko‘mak berib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: