Ukraina davlat byudjyeti kamomadi 2016 yil birinchi choragida 436,2 mln dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot 19:40 / 28.04.2016 1856

2016 yilning birinchi choragida Ukraina davlat byudjyetidagi kamomad  11 mlrd grivna (mamlakat milliy banki joriy kursi bo‘yicha 436,16 mln AQSh dollari)ni tashkil etgan.

Bir yil muqaddam, davlat byudjyetida 4,435 mlrd grivnalik (175,85 mln dollar) profitsit qayd etilgan edi. Bu haqda 28 aprel kuni Ukraina moliya vazirligida ma'lum qilishdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Ukraina davlat byudjyetining birinchi chorakdagi daromadlari 129,157 mlrd grivna (5,121 mlrd dollar), xarajatlari 140,166 mlrd grivna (5,56 mlrd dollar)dan iborat bo‘lgan. 2015 yil birinchi choragi bilan taqqoslanganda davlat byudjyeti daromadlari 14,1 foizga, xarajatlari esa 28,9 foizga oshgan, deyiladi moliya vazirligi hisobotida.

Ukraina davlat byudjyeti o‘tgan yilning 25 dekabrida qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, 2016 yilgi byudjyet daromadlari bir yil avvalgisiga qaraganda 15,1 foizga ko‘p bo‘lib, 595,1 mlrd grivnani tashkil etadi. 2016 yilgi davlat xarajatlari esa, o‘tgan yilgiga qaraganda 14,5 foizdan iborat bo‘lishi va 684,5 mlrd grivnaga teng bo‘lishi kerak. Ukraina davlat byudjyetida ruxsat berilgan kamomad YaMM (yalpi milliy mahsulot)ning 3,7 foizini tashkil etishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: