Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi O‘rikzor mahallasida yashovchi 64 yoshli S.Yunusxon ko‘chada ketayotganida kutilmaganda ortidan kimdir yugurib kelib, ichida 2 million 270 ming so‘m puli bo‘lgan sumkani tortib olmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
Otaxon sumkani qo‘yib yubormasdan atrofdagilarni yordamga chaqirdi. Shu yaqin atrofda xizmat vazifasini bajarayotgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari baqir-chaqirni eshitib, otaxonga yordamga shoshilishdi.
Talonchi qo‘lga olindi. U shu mahallada yashovchi 31 yoshli Sh.D. ekan. U qilmishiga yarasha qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.