Turkiyaning Rossiyadagi elchisi: Rossiya bilan munosabatlardagi inqirozni uzrlar bilan hal qilib bo‘lmaydi

Jahon 08:50 / 28.04.2016 1120

Rossiyaning Su-24 samolyotining Suriyada urib tushirilishidan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi inqirozni shunchaki uzr so‘rash bilan hal qilib bo‘lmaydi, buning uchun muzokaralar stoli atrofiga o‘tirib, yechimni topish kerak, deb aytdi Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umid Yardim.

Yardim Anqara bo‘lib o‘tgan voqeadan bir necha bor afsusda ekanligini aytganini ta'kidlab o‘tdi.

"Bunday vaziyat vujudga kelganda, avvalambor muzokaralar stoli atrofiga o‘tirish kerak. Fikrimcha, bu vaziyat uzr so‘rash bilangina hal qilinadigan vaziyat emas. Bu muzokaralar stoli atrofida hal qilinadigan masalalardir. Stol atrofiga o‘tiramiz, muhokama qilamiz, buning oqibatida biz ishlaydigan qandaydir natijaga kelinadi", deb aytdi Yardim Moskva jurnalistlari matbuot-anjumanida.

Rossiya hukumati Su-24 samolyotining urib tushirilishi uchun Turkiyaning rasmiy uzr so‘rashini ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan inqirozni tartibga solish shartlaridan biri sifatida keltirgan.

Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar 2015 yil 24 noyabrda Turkiyaning G‘-16 qiruvchi samolyoti tomonidan Suriyada harbiy vazifalarni bajarayotgan Su-24 samolyotining urib tushirilishidan keyin inqirozga yuz tutdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning bu qilmishini terrorchilar sherigi tomonidan "orqaga pichoq sanchish"ga qiyoslagandi hamda milliy xavfsizlikni ta'minlash va Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy taqiqlovlarni kiritish haqidagi farmonni imzolagandi.

Ko‘proq yangiliklar: