Turkiyaning shimolida joylashgan Bursa shahridagi portlash oqibatida 13 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Mexmet Muyazino‘g‘lu ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, jarohatlanganlardan hech kimning ahvoli og‘ir emas.
Mahalliy amaldorlar ushbu terakt bu yil ichida shaharda yuz bergan 5-terakt ekanligini ma'lum qilishgan.
Avvalroq Bursada ayol terrorchi-xudkush tomonidan terakt amalga oshirilgani ma'lum qilingandi.