American Airlines aviakompaniyasining A321 yo‘lovchi samolyoti qushlar galasi bilan to‘qnashgandan keyin Sietl aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Samolyot Sietl–Dallas reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot parvozga ko‘tarilgandan 30 daqiqa o‘tib qushlar bilan to‘qnashgan. Keyinroq mutaxassislar samolyotning tumshuq qismida bir metrlik pachoqni aniqlashgan. Samolyot bortida 156 kishi bo‘lgan, jarohatlanganlar yo‘q. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.