Trampning praymerizda to‘plagan ovozlari soni rekord darajada bo‘lishi mumkin

Jahon 12:35 / 28.04.2016 1391

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp praymeriz natijalarida qo‘lga kiritilgan ovozlari bo‘yicha rekord darajani qayd etishi mumkin. Bu haqda Politico xabar tarqatdi.

Nashrga ko‘ra, respublikachilar tomonidan o‘rnatilgan rekord hozircha kichik Jorj Bushga tegishli. U 2000 yilda 10,8 million ovozga ega bo‘lgan. 26 aprel hisob-kitobi bo‘yicha Tramp taxminan 9,9 million ovoz to‘pladi. Shunday qilib, milliarder hali sobiq prezidentdan o‘tib keta olganicha yo‘q.

Biroq, Tramp rekordni yangilay olish ehtimoli mavjud, chunki praymeriz davri hali tugallanmadi va oldinda qator shtatlarda ovoz berish jarayoni kutib turibdi, ular orasida 40 million nafar odam istiqomat qiluvchi eng yirik Kaliforniya shtati ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: