AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp IShID terrorchilik guruhi yaqin orada yakson qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
"Menda ularga oddiy murojaat bor. Ularning kuni bitdi. Men ularga bu qachon va qanday yuz berishini aytmayman", deb ta'kidlab o‘tdi Tramp.
Trampning fikricha, AQShga IShID bilan kurashdagi harakatlarida "ayyorlik" yetishmayapti.
"Ular yo‘q bo‘ladi. Agar meni prezident etib tanlasalar, IShID yakson bo‘ladi. Va bu juda tez yuz beradi", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Avvalroq IShID terrorchilari Trampning tasviridan Belgiyadagi hujumlar haqidagi yangi videoda foydalangandi.