Toshkent shahridagi Inha universiteti 4 may kuni bo‘lib o‘tadigan 2016-2017 o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazadi.
Yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga qabul qilish shartlari bilan kengroq tanishtirish maqsadida respublika hududlarida turli uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti 4 may kuni soat 11.00dan boshlab “Toshkent shahridagi Inha universitetining 2016-2017 o‘quv yili qabuli” mavzusida videokonferensiya o‘tkazadi. Videkonferensiya oliy ta'lim muassasalari hamda “O‘zbektelekom” AK hududiy videokonferentsaloqa studiyalarida o‘tkaziladi.
Videokonferensiya ishida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin. Mazkur tadbir davomida bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalarini universitetning 2016-2017 o‘quv yili qabul jarayonida topshiriladigan zarur hujjatlar, imtihon va talabalikka qabul qilish shartlariga oid batafsil ma'lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti ma'sul xodimlari abituirentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savolllariga javob beradilar.
Tadbir haqidagi qo‘shimcha ma'lumotlar universitet rasmiy saytida ma'lum qilingan.