Tayvanda bir kechada 26 zilzila kuzatildi

Jahon 12:45 / 28.04.2016 1205

Tayvanning sharqiy qismida bir kechaning o‘zida 26 ta seysmik harakat kuzatildi. Bu haqda orol markaziy meteorologiya boshqarmasi direktori Sin Tszaytsin ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng kuchli silkinish 27 aprel kuni 5,6 magnitudani tashkil etgan. Uning episentri Tayvanning shimoli-sharqiy qismidagi Xualyan va Ilan uyezdlarida joylashgan. Bu hududlarda 3,6 va 4,5 magnitudali qoldiq zilzilalar davom etmoqda.

Bundan tashqari, tunda Taydun uyezdida 5,5 magnitudali zilzila ham kuzatilgan. Jabrlanganlar va moddiy talafot haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Ko‘proq yangiliklar: