Suriyada "rus Rembosi" deb atalgan zobit Proxorenkoning jasadi topilib, Rossiyaga topshirildi

Jahon 06:21 / 28.04.2016 1437

Suriyada Palmiraning ozod etilishi uchun janglarda qahramonlarcha halok bo‘lgan rossiyalik leytenant Aleksandr Proxorenkoning jasadi topildi. Harbiyning jasadini mahalliy kurdlar topishgan.

Kurd ayirmachilari harbiyning jasadini Rossiyaga topshirdilar.

"Kurd xalqi mudofaasi otryadlari Rossiya hukumati iltimosi bilan Tadmorda o‘ldirilgan rossiyalik harbiyning jasadini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bunga ular va IShID o‘rtasida olib borilgan muzokaralar yordamida erishildi. Bu maxsus operatsiya gumanitar maqsadlarda amalga oshirildi. Jasad Rossiya hukumatiga topshirildi", deb aytdi RIA “Novosti” axborot agentligiga kurd "Xalq mudofaasi otryadlari" vakili Ridur Xalil.

Xalilning aytishicha, qahramonning jasadi Rossiyaga yetkazilgan.

Zobitning o‘limi haqida 24 martda ma'lum bo‘ldi. Proxorenko navodkachi bo‘lgan va rus aviatsiyasiga terrorchilarning manzillari haqida ko‘rsatmalar berish bilan shug‘ullangan. U bir necha hafta yakka holda Palmira hududida ishlagan hamda Rossiya harbiy-koinot kuchlariga terrorchilar joylashgan hududlar haqida axborot bergan. Zobit o‘z vazifasini bajarayotgan onlardan birida terrorchilar qurshoviga tushib qolgan. Leytenantga faqatgina asirga tushishgina qolgan, biroq u asirga tushishni istamay, o‘ziga aviatsiya zarbasini chaqirtirgan va shu tariqa o‘z hayotidan kechgan holda uni qurshab olgan terrorchilarning yo‘q qilinishiga sabab bo‘lgan.    

Bu qahramonlik butun dunyoni lol qoldirdi. Xorijiy OAVlar 26 yoshli zobitni "rus Rembosi" deb atay boshladilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan Proxorenkoga o‘limidan keyin Rossiya Qahramoni unvoni berildi.

Ko‘proq yangiliklar: