Joriy yilning 20 aprelida Samarqand viloyati hokimi “Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti – avtobuslardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra 2016 yil 1 maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti — avtobuslarda yo‘lovchilar tomonidan yo‘l kira haqini to‘lashda, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jyetonlar vositasida tashkil etiladi. Bu haqda “Zarafshon” nashri yozmoqda.
Jyetonlar sotilishini amalga oshirish uchun shahar hududi bo‘ylab maxsus shoxobchalarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu maxsus shoxobchalar soni 13 ta bo‘lishi nazarda tutilgan.