Ronaldu hujayra to‘qimalarida davolash amaliyotini o‘tkazadi

Sport 14:26 / 28.04.2016 1402

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Cadena Cope radiosining bergan xabariga ko‘ra, Ronaldu oyog‘ining son qismi mushaklaridan olgan jarohatini davolashda davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchining tuzalish jarayonini tezlashtirish uchun u yaqin kunlarda hujayra to‘qimalarida davolash amaliyotini o‘tkazadi.

Ronalduning Ispaniya chempionati doirasidagi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib turibdi. 4 may kuni Madridda o‘tadigan «Siti»ga qarshi uchrashuvgacha uning qanchalik tayyor bo‘lishi faqat o‘yin kuni ma'lum bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: