Unilad tarmoq jurnali o‘zining Facebook'dagi sahifasida Sendi laqabli kuchukcha yetti oylik ayriliqdan so‘ng o‘z egasi bilan uchrashgani tasvirlangan videoni joyladi. 15 soat ichida rolikni 14 milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi.
Facebook a'zolari mazkur videolavhaga 70 mingdan ortiq izohlar yozib qoldirishdi. Ko‘pchilik Sendi haqida iliq fikrlar qoldirib, uni juda ham vafodor jonzot deya ta'riflashgan. Ba'zilar itni inson bilan taqqoslab, ayrim kimsalar hayotda Sendi ko‘rsatgan sadoqatni bajarishga qodir emasligini aytib o‘tishgan.
Shuningdek, itlarni mushuklar bilan ham solishtirib ko‘rishdi. Ko‘pchilikning fikricha, mushuklar itlar kabi insonlarga vafodor bo‘la olishmaydi.