Meksikada 21 million bola qashshoqlikda umr kechirmoqda

Jamiyat 14:58 / 28.04.2016 1058

Meksikadagi voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasiga davlat tomonidan zudlik bilan ahamiyat qaratilishi zarur. Mana shunday fikrni bolalar va o‘smirlarni kompleks himoya qilish milliy kengashining ijrochi direktori Rikardo Busio aytib o‘tgan. Milliy kengashning ma'lumotlariga ko‘ra, 17 yoshdan kichik bo‘lgan 21,4 mln. meksikalik qashshoklikda umr kechirmoqda. Ularning 11,5 foizi, ya'ni 4,6 mln. nafari himoyasiz. Bugungi kunda mamlakat aholisi soni 122 mln. kishini tashkil etadi.

"Mamlakat nochor holatga kelib qolgan. Bu yerda yashovchi 83 foiz aholi u yoki bu qiyinchilikka duch kelyapti. Bu Meksika davlatining u yoki bu tomondan yemiradi", - dedi Busio Noticias MVS radiostansiyasiga bergan intervyusida. Uning ta'kidlashicha, “bu mavzu mamlakat uchun yangilik” bo‘lmay qoldi. Coneval shuni alohida ko‘rsatib o‘tadiki 2010 yildan 2014 yil oralig‘ida mamlakat aholisining 17 yoshdan kichik guruhining qashshoqlik holati 14 foizga tushgan. Ammo bu ko‘rsatkichni davlat yordamisiz ushlab turib bo‘lmaydi.

Coneval olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 2012 yildan 2014 yilga qadar qashshoqlikda yashayotgan meksikaliklar soni 53,3 mln. dan 55,3 mln.ga ko‘paygan. Ayrim ekspertlarning fikricha, bu raqam aslida ikki baravar bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: