Ispaniyaning Tomares shahrida (Andalusiya avtonom viloyati) 600 kg ga yaqin 6-asr bronza tangalari topildi. Bu haqda El País gazetasi xabar berdi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, ekskavatorchi 27 aprelda shahar xiyobonlaridan biridagi qurilish ishlari vaqtida tangalar bilan to‘ldirilgan 19 ta qadimiy rim ko‘zasini aniqlagan. Ispan arxeologlari ushbu topilmani noyob deb atashdi.
Ta'kidlanishicha, tangalarning old tomonida rim imperatorlari Diokletian (245-313 yy.), Maksimian (250-310 yy.) va Buyuk Konstantin I (272-337 yy.) qiyofalari bosilgan. Bundan tashqari, aniqlangan ko‘zalardan 10 tasi beshikast saqlangan.
Taxminlarcha, bu tangalar ataylab yer ostiga ko‘milgan. Ayni vaqtda xazina Sevilya arxeologik muzeyiga topshirildi. Taxminlardan biriga ko‘ra, bu tangalar imperatorga soliq sifatida berilishi kerak bo‘lgan.