Islom taraqqiyot banki Qozog‘istonga 300 million dollar ajratadi

Iqtisodiyot 12:51 / 28.04.2016 2869

Islom taraqqiyot banki Qozog‘istonga davlat kafolati ostida suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 300 million dollardan ortiq mablag‘ taqdim etadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ushbu kelishuv Islom tashkiloti Bosh Assambleyasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha ta'sis majlisi davomida imzolandi.

Hujjatni respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljon Mahmudbekov va ITB prezidenti Ahmad Muhammad Ali Al-Madaniy imzoladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, suv ta'minotini yaxshilash loyihasi doirasida Olma-Ota viloyatida 15ta aholi yashash punktlarida umumiy uzunligi 680 kilometrli oqava sud quvurlari qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlarda 75,3 million dollar mablag‘ sarf etiladi.

Keyingi “Qozog‘iston Respublikasida irrigatsion va drenaj tizimni rekonstruksiya qilish” loyihasi esa 235 million dollar deb baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: