Hindistonda to‘y paytida gaz ballon portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 01:06 / 28.04.2016 1737

Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida to‘y vaqtida gaz ballon portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda politsiyadagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi.

"Gaz ballon portlashi oqibatida 2 ayol va 5 bola halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan", deb ma'lum qildi politsiya vakili.

Shuningdek, ballon to‘y marosimi uchun taomlar tayyorlanayotganla yonib ketib, portlab ketgani ma'lum qilindi. Barcha jarohatlanganlar tezlik bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Portlash oqibatida yaqin oradagi uylarga o‘t ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: