Niderlandiya qochqinlar integratsiyasi uchun qo‘shimcha 700 million yevro ajratadi

Jamiyat 22:27 / 28.04.2016 1098

Niderlandiya hukumati yaqin ikki yil ichida boshpana izlab yurganlar integratsiyasi uchun qo‘shimcha 700 million yevro ajratadi. Bu haqida Niderlandiyaning teleradio korporatsiyasi xabar beradi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, mablag‘lar qochqinlarning ta'limi, til o‘rganishi va boshqa ehtiyojlariga sarflanadi. Mazkur pullarning ajratilishi Niderlandiya munitsipalitet assotsiatsiyasi hamda mamlakat hukumati o‘rtasida imzolangan bitimning bir qismi hisoblanadi.

Mazkur bitimni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, qochqinlar gollandlar jamiyatiga tezroq moslashib ketishi, ya'ni turar-joy topilishi bilanoq darhol ish bilan ta'minlanishiga yaqindan ko‘mak berishdir. Buning uchun esa ular holland tilini hech bo‘lmaganda boshlang‘ich bosqichida bilishlari zarur bo‘ladi. Ularning farzandlari ham ota-onalari turar-joy bilan ta'minlanguniga qadar maktablarda tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi.

O‘z o‘rnida shahar hokimiyati mamlakatda yashash huquqini olgan insonlarga ko‘proq jamoat uylarini taqdim etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa markaziy hududlarda uy axtarib yurgan qochqinlarni vaqtinchalik kamaytirishga yordam beradi.

Mazkur mablag‘lar Tashqi savdo va hamkorlikni rivojlantirish vazirligi tomonidan qochqinlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy ko‘mak vositalariga qo‘shimcha bo‘la oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda idoralar turar-joy izlab yurgan insonlar uchun (ularning arizalarini ko‘rib chiqish, uy va oziq-ovqat bilan ta'minlashga) 1,3 mlrd yevroga yaqin xarajat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: