Facebook sof daromadi birinchi chorakda deyarli 2 barobarga o‘sdi

Iqtisodiyot 10:33 / 28.04.2016 1438

Mark Tsukerbergga tegishli Facebook kompaniyasi 2016 yil birinchi kvartal uchun foydaning keskin o‘sganini ma'lum qiluvchi hisobotini e'lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Kompaniyaning sof foydasi 1,51 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yil shu davr ko‘rsatkichlaridan deyarli 2 barobar ko‘p.

Birinchi chorak umumiy daromadi ham analitiklarning prognozlaridan ortiq - bir yarim barobardan ko‘proqqa: 3,54 dan 5,38 milliard dollarga oshdi.

Kompaniyaga asosiy daromadni reklama keltirmoqda, o‘tgan davr mobaynida asosan ijtimoiy tarmoqlardagi mobil ilova foyda olib keldi. Kelgusida ham, ayniqsa, Instagram tarmog‘idagi reklamalar hisobiga o‘sish kutilmoqda.

Hisobot chop etilgach, Facebook aksiyalari 9,5 foizga ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: