Erdo‘g‘an: Turkiya fuqarolari uchun vizaning bekor etilishi YeI minnat qiladigan ish emas

Jahon 17:33 / 28.04.2016 1591

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, mamlakat fuqarolari uchun YeIga vizasiz kirish tartibining kuchga kirishi, Ittifoqning Turkiyaga minnat qilishi uchun asos bo‘la olmaydi. Ma'lumki, 2016 yil iyun oyidan e'tiboran Turkiya pasportiga ega fuqarolar YeIga vizasiz kira olishadi. Prezident Erdo‘g‘an Xorvatiyaga safari chog‘ida shunday bayonot bergan.

«Hech kim Turkiyaga biron narsani o‘tkazib qo‘yayotganini iddao etolmaydi. Vizasiz tartib muddati men bosh vazirlik vaqtimda belgilab olingan edi. Shunday ekan, ushbu muddatning 4 oyga surilganini qanday qilib yon bosish, deyish mumkin», — deb bayonot bergan Erdo‘g‘an.

Turkiya yetakchisi, shuningdek, YeIning qochoqlarga oid aniq loyihalarni taqdim etish talabini tanqid qilgan.

Yevropa komissiyasining migratsiya departamenti direktori Marta Sigan rasmiy Anqara vizasiz tartib bo‘yicha kelishuvning aksar shartlarini bajarmagani to‘g‘risida bayonot bergan edi.

YeI va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Yevropa Turkiya orqali Gretsiyaga kirib kelgan barcha noqonuniy muhojirlarni, turklarga vizasiz tartibni joriy qilish va 3 mlrd yevro berish evaziga qaytarib yuboradi.

Ko‘proq yangiliklar: