Cadillac’ning yangi modeli Mercedes-Benz CLA va Audi A3 bilan xaridorlar uchun kurashishi kutilayapti. U so‘nggi avlod Chevrolet Cruze’ning oldetakchi platformasi asosida ishlab chiqiladi. Bu haqda o‘z ichki manbalariga tayangan holda GM Inside News xabar qilmoqda.
Loyiha D2JL indeksi bilan belgilangan. Bunda D2 Delta’ning 2 avlod shassisini anglatadi. J – xetchbekni, L – harfi esa yangilik Cadillac uchun mo‘ljallanganini bildiradi.
GM Inside News’ning qayd etishicha, hozircha Cadillac’dagilar qanaqa besh eshikli mashina – xetchbek yoki Chevrolet Volt’ning so‘nggi avlodiga o‘xshash liftbek ishlab chiqaradimi, noma'lum.
Shu narsa aniqki, yangilik ikki xil: 1,5 va 2,0 litrlik benzinli turbomotor bilan ishlab chiqiladi. Kuchliroq dvigatel modelning qimmatroq to‘plamlariga o‘rnatiladi. Ularning ikkisi ham sakkiz diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi.
General Motors’ning taxminiga ko‘ra, yangi mahsuloti Chevrolet Cruze’ga nisbatan 6-9 ming dollarga qimmatroq bo‘ladi. Ammo u qachon bozorda paydo bo‘lishi aniq emas.
Bundan avval, Cadillac brendi Mercedes-Benz CLA bilan raqobat qila oladigan mashina ustida ish olib borayotgani haqida xabar qilingan edi. U orqa tomoni yetakchi bo‘lgan Alpha platformasida ishlab chiqilishi aytilgandi. Ayni shassi ATS va CTS’larning so‘nggi avlodlarida qo‘llanilgan.