27 aprel kuni Estoniya poytaxti Tallin shahri yaqinidagi «Emari» aviabazasida Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Estoniya Mudofaa vazirligi xabar qilgan.
Buyuk Britaniya HHKning Eurofighter Typhoon rusumli 4ta qiruvchi samolyoti Boltiq bo‘yi davlatlari osmonida 7 yanvardan buyon navbatchilik qilib kelayotgan Belgiyaning F-16 rusumli samolyotlarini almashtiradi.
Boltiq bo‘yi mamlakatlarida havo hududlarini himoya qilish uchun harbiy samolyotlar yo‘q. Shu tufayli 2004 yilning aprelidan buyon (Boltiq bo‘yi mamlakatlarining NATOga a'zo bo‘lgan vaqti) alyans rotatsiya tamoyili asosida (NATO bo‘yicha ittifoqdosh davlatlar ushbu missiya uchun navbat bilan o‘z qiruvchi samolyotlarini taqdim etgan) o‘z samolyotlarini yuborib keladi. Avvaliga samolyotlar faqat Litvaning Shaulyaya shahridan 5 km masofadagi Zoknyay aerodromidan joylashtirilardi. 2014 yildan boshlab Emarida qo‘shimcha aviabaza ham barpo etildi.