"Dorul-Qur'on" Butunrossiya Qur'on hofizlari tanlovi g‘olibi Eronga yuboriladi, deb ma'lum qildi TASS axborot agentligi. Tanlov Sankt-Peterburgda o‘tmoqda.
Tanlov ishtirokchilari ikki yo‘nalish: "Tilovat" (Qur'oni karim matnini qiroat bilan o‘qish) va "Hivz" (yoddan aytish) bo‘yicha musobaqalashmoqdalar.
"Ikki yo‘nalish g‘oliblariga oxirgi modeldagi gadjyetlar xarid qilish uchun yetadigan pul mukofotlari beriladi, eng yaxshi hofiz esa Erondagi har yilgi xalqaro tanlovda Rossiya nomidan ishtirok etadi", deb aytildi tanlov tashkiliy qo‘mitasida.
Tanlovda Sochi, Moskva, Sankt-Peterburg, Ryazan, Ufa, Grozniy, Qozon, Darbant, Mahachqaladan 23 kishi ishtirok etmoqda.
Tanlov Rossiyada uchinchi, Sankt-Peterburgda esa birinchi marta o‘tkazilmoqda. Tadbir Sankt-Peterburgdagi Musulmon madaniyati kunlarining bir qismi bo‘ldi.