Bashar Asad amerikalik senator bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jahon 23:28 / 28.04.2016 1436

Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqda AQSh senatori Richard Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv davomida Suriyadagi vaziyat, terrorchilikka qarshi kurash muhokama qilingan.

Asad uchrashuvda dunyoning turli burchaklarida terrorchilarning harakat qilishi terrorchilikning chegaralari yo‘qligini isbotlashini ta'kidlab o‘tdi. U nafaqat terrorchilikka qarshi harbiy usullar bilan kurashda, balki terrorchilikni "sug‘oradigan" vahobiylik g‘oyasi bilan ham kurashda xalqaro hamkorlik zarurligini tushuntirdi.

Blek AQSh ma'muriyati a'zolari tomonidan qo‘llanadigan aldovga qaramasdan, AQSh xalqiga Suriyada yuz berayotgan asl vaziyatni ko‘rsatish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Senator Suriyadan iqtisodiy sanksiyalarni olish kerakligini, chunki ular xalqaro huquqni buzishini aytdi.

Avvalroq Suriya tashqi ishlar vazirligi mamlakatga 150 amerikalik harbiy kelgani haqidagi xabarlar sababli xavotir bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: