AQSh Rossiyaning Suriyadagi ikkita guruhning terrorchilik guruhlari deb tan olinishi tashabbusiga qarshi chiqmoqda

Jahon 08:29 / 28.04.2016 1111

Kuni-kecha Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi "Axror Ash-Shom" va "Jaysh Al-Islom" guruhlarini terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritishni taklif qilgandi.

Vashington esa o‘t ochishni to‘xtatish tartibini muntazam buzayotgan bu guruhlarning sanktsion ro‘yxatga kiritilishiga qarshi chiqmoqda.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner bu guruhlar o‘t ochishni to‘xtatish sulhining bir qismi hisoblangani uchun ularning sanktsion ro‘yxatga kiritilishini Suriyadagi mojaroni tartibga solishda "bema'no" ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

"Fikrimizcha, bu holat biz hududda taranglikka barham berishga urinayotgan vaqtda yarashuv uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin", deb Tonerning so‘zlarini keltirib o‘tdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: