Amerikaning Comcast kompaniyasi DreamWorks'ni 3,8 milliard dollarga sotib olmoqda

Jamiyat 21:34 / 28.04.2016 2378

AQShning yirik media kompaniyasi hisoblanmish Comcast to‘liqmetrajli animatsion filmlar ishlab chiqaruvchi DreamWorks Animation kinostudiyasini 3,8 milliard dollarga sotib olayotgani haqida ma'lum qildi. DreamWorks “Shrek", "Madagaskar", "Kung-fu panda" va boshqa bir qator mashhur multfilmlarni suratga olgan.

NBC Universal kompaniyasining bosh rahbari Stiv Berk xabar berishicha, kelishilgan shartnoma natijasida yaqin kunlarda kinofilmlar va teledasturlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, yangi ko‘ngilochar bog‘lar ochish va iste'molchilarga yangi mahsulotlar taqdim etish imkoni paydo bo‘ladi. Kompaniya press-relizida qayd etilishicha, mazkur bitim keskin raqobat mavjud bo‘lgan bolalar va ko‘ngilochar dasturlar maydonida yangi auditoriya kashf etilishiga yordam beradi.

Bitim shartlariga muvofiq, DreamWorks aksionerlari aksiya uchun 41 dollardan mablag‘ olishadi.

Shartnoma ikki kompaniya direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, AQSh va boshqa mamlakatlarda monopoliya qonunchiligini kuzatish bo‘yicha nazorat bilan shug‘ullanuvchi idoralar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng yil oxirigacha to‘xtatib turilishi kuzatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: