Avgust oyi oxirigacha Toshkentda qator maktabgacha ta'lim muassasalari to‘liq ta'mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan. Ta'mirlash ishlarini amalga oshirish tenderini O‘zbekiston poytaxti hokimiyati “Yagona buyurtma xizmati” muhandislik kompaniyasi e'lon qildi («Vecherniy Tashkent» gazetasida).
30ta maktabgacha ta'lim muassasasini (MTM) ta'mirlash ishlarining boshlang‘ich umumiy qiymati mahalliy byudjyet hisobidan 23,772 milliard so‘mni tashkil etadi (QQS inobatga olinmagan holda).
Kapital ta'mirdan chiqariladigan MTMlar:
- Olmazor tumani: 52, 94 va 472-sonli MTMlar;
- Bektemir tumani: 574-MTM;
- Mirobod tumani: 127 va 507-MTM;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: 403, 446 va 466-MTM;
- Sirg‘ali tumani: 45, 87 va 459-MTM;
- Uchtepa tumani: 360, 409 va 465-MTM;
- Chilonzor tumani: 89, 368 va 462-MTM;
- Shayxontohur tumani: 27, 448 va 491-MTM;
- Yunusobod tumani: 160, 253, 417 va 499-MTM;
- Yakkasaroy tumani: 348 va 357-MTM;
- Yashnobod tumani: 129, 557 va 602-MTM.